Samarqand va Sirdaryoda 1,3 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

12:52 05 Mart 2025 Jamiyat
283 0

Samarqand viloyatida 819,9 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat “Oʻzenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Oqdaryo tumanida yashovchi fuqaro B.R. “Loyish” MFYda joylashgan novvoyxonasida gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik ortidan gaz taʼminoti korxonasiga 819,9 million soʻmlik zarar yetkazgan.

Taʼkidlanishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Bosh prokuratura bergan maʼlum maʼlumotda esa Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida 489 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlangani haqida soʻz boradi.

Keltirilishicha, “U.N.P.” oilaviy korxonasi rahbari F.M. korxonaga qarashli non mahsulotlari ishlab chiqarish sexini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan.

Holat boʻyicha F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Oʻgʻirlik juda koʻp miqdorda) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер