Samarqand – Urganch – Samarqand yoʻnalishida qoʻshimcha qatnovlar yoʻlga qoʻyildi

12:45 25 Dekabr 2023 Jamiyat
382 0

Aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, qishki taʼtil munosabati bilan talabalarni doimiy yashash joylariga yetib olishlari uchun Samarqand – Urganch – Samarqand yoʻnalishida qoʻshimcha qatnovlar yoʻlga qoʻyildi.

2023-yilning 27-dekabr kuniga qadar har kuni Samarqand shahar, Katta Oʻzbek traktida joylashgan Buxoro bekatidan (Galaosiyo) soat 18:00 da qoʻshimcha avtobuslar harakati tashkil etilmoqda.

“Muxtor nur transservis” va “Graderoy travel” MCHJga tegishli zamonaviy 3 ta avtobus bir vaqtning oʻzida Samarqand shahridan joʻnab ketadi. Yoʻl kira narxi bir yoʻlovchi uchun 120 000 (bir yuz yigirma ming) soʻm.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер