Samarqand shahriga kirish vaqtinchalik cheklanadi
Foto: Arxiv surat
14-17-sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti munosabati bilan Samarqandga kirish vaqtincha cheklanadi, deb xabar qildi viloyat IIB matbuot xizmati.
Joriy yilning sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti Samarqand shahrida oʻtkazilishi munosabati bilan, 14-sentyabrdan 17-sentyabrga qadar Samarqand shahrining Ibn Sino, Boʻstonsaroy, Universitet xiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Shohizinda, Usto Umar Joʻraqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulugʻbek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed koʻchalarida transport vositalarining harakati cheklanadi.
Harakat qatnovi cheklangan koʻchalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar boʻlinmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, SHHT sammiti 15-16-sentyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring