Samarqand shahrida yuqori darajadagi xalqaro ayollar forumi oʻtkaziladi

08:37 20 Noyabr 2023 Jamiyat
282 0

Joriy yilning 22-23-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekiston va Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tajribasi” mavzusida yuqori darajadagi xalqaro ayollar forumi oʻtkaziladi.

Forumning asosiy maqsadi – oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyat hayoti va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha Islom hamkorlik tashkiloti davlatlarining oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish va tajriba almashishdir.

Forumning quyidagi masalalar muhokama qilinadi:Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni huquq va manfaatlarini taʼminlash sohasidagi erishilgan yutuqlar va tashabbuslarni koʻrib chiqish;

xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning ilgʻor tajribasi, amaliyoti va innovatsion yondashuvlari bilan tanishish va keng foydalanish;

iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

gender siyosatining turli sohalari boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash;
xotin-qizlarning mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishdagi ishtirokini kengaytirish;

Oʻzbekistonda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni huquq va manfaatlarini taʼminlash borasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida taqdimotlar qilish.

Forumdan quyidagi natijalarga erishish kutilmoqda:
Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning roli va oʻrnini oshirishga qaratilgan yangi tashabbus va takliflar ilgari suriladi;

oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyat hayoti va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, tadbirkorligini rivojlantirish, oila va xotin-qizlar masalalari bilan shugʻullanuvchi nodavlat, notijorat tashkilotlarning ishtiroki kabi yoʻnalishlarda ijobiy tajribalar almashiniladi.
ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oila institutini mustahkamlash borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Forumda Islom hamkorlik tashkiloti Bosh Kotibiyati, Islom hamkorlik tashkiloti Ayollar taraqqiyoti tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi
va tuzilmalari mutasaddilari hamda Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha shugʻullanuvchi davlat organlari rahbarlari, Hukumat vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер