Samarqand shahrida karantin tartibi kuchaytiriladi
arxiv foto
Samarqand shahrida karantin qoidalari kuchaytirildi. Bu haqda Samarqand shahar hokimi, prokurori va IIB rahbari ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda aytib oʻtdi.
Maʼlum qilinishicha, koronavirus tarqalishining oldini olish uchun 13-maydan Samarqand shahrida karantin choralari kuchaytiriladi.
Viloyat komissiyasining qaroriga bilan viloyat komissiyasining qarori bilan, kuchaytirilgan karantin qoidalari 13-may soat 6:00 dan boshlab amal qilinadi.
Jumladan, soat 7:00 dan 10:00gacha va 17:00 dan 20:00 gacha shaharda transport vositalarining erkin harakatlanishi cheklanadi. Endi faqatgina belgilangan ruxsatnomaga (stiker) ega transport vositalariga harakatlanishga ruxsat beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring