Samarqand shahri jamoat transporti harakat tarkibi yangilanmoqda
Samarqand viloyatida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatishni tashkil etish masalasiga alohida eʻtibor qaratilmoqda.
Xususan, “Dilshodtransservis” MCHJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining CRRC kompaniyasida ishlab chiqarilgan 10 ta yangi avtobus olib kelindi.
Zamonaviy talablar asosida jihozlangan ushbu avtobuslar Samarqand shahar jamoat transportining yangi yoʻnalishlar tarmogʻida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.
Korxona tomonidan yana 20 ta ushbu rusumdagi avtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring