Samarqand shahri koʻchalarida 100 ta elektrobus qatnay boshlaydi

15:45 08 Fevral 2024 Jamiyat
315 0

Oʻtgan 2023-yilda “Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bogʻliq infratuzilmani yaratish” loyihasini amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan bitim imzolangan edi.

Unga asosan Samarqand shahrida aholi salomatligi va havoning ifloslanishi uchun xavfsiz transport tizimini joriy etish maqsadida 100 ta elektrobus va 50 ta quvvatlash qurilmasi ishga tushiriladi.

Loyiha uch bosqichda amalga oshirilmoqda. Bu borada Xitoy kompaniyasi bilan 29,7 million dollarlik shartnoma imzolangan. Mazkur loyihaning birinchi bosqichiga koʻra, Samarqand shahrida ayni vaqtda 6 ta elektrobus harakatlanmoqda.

— Hisob-kitoblarga koʻra, 100 dona elektrobus bilan yonilgʻi xarajatlarining oʻzidan 20 milliard soʻmni iqtisod qilish mumkin, — deydi viloyat transport boshqarmasi boʻlim boshligʻi Mahmud Uzoqov. — Shaharning jamoat transporti bosh rejasiga asosan magistral va yetkazib beruvchi yoʻnalishlar joriy qilingan. Ushbu magistral yoʻnalishlar shaharning markaziy koʻchalaridan oʻtganligi sababli olib kelinadigan elektrobuslar ana shu yoʻllarga qoʻyiladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер