Samarqand, Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Uchta viloyatda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Toyloq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.S. fuqaro Sh.Ya.ga 4 500 dollarni 58,5 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida 5 000 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Boshqa bir holatda, Departamentning Kasbi tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida Qarshi tumani “Bunyodkor” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan A.O. fuqaro O.T.ga 3 500 AQSH dollarini 45,5 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Departamentning Buxoro shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.R. fuqaro F.Q.dan 3 000 AQSH dollarini 38,6 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring