Samarqand davlat universitetining Urgut filialiga direktor tayinlandi
Foto: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi bilan Quvondiq Safarovich Yarashev Samarqand davlat universitetining Urgut filiali direktori lavozimiga tayinlandi.
Quvondiq Yarashev 1975-yil Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2003-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasi doirasida Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat universitetida ilmiy izlanishlar olib borgan.
Shu kunga qadar, Samarqand davlat universitetining geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring