“Salomatlik uchun 5000 qadam” aksiyasi davom etmoqda
Oʻzbekiston Respublika Harbiy prokuraturasi, Olmazor tuman hokimligi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish hamda ommaviy sportga jalb etish maqsadida mutasaddi rahbarlar va aholi ishtirokida “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni oʻtkazildi.
Mazkur marafonda Bosh prokuror oʻrinbosari-Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori general-mayor Shuhrat Uzoqov boshchiligida harbiy prokuratura jamoasi oila aʼzolari bilan birgalikda ishtirok etishdi.
Tadbir yakunida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxtlar ekildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring