“Salohiyatli kadrlar rezervi”ga olingan nomzodlar oʻz bilim, kompetensiyalarini rivojlantirmoqda

11:13 05 Sentyabr 2023 Jamiyat
341 0

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tomonidan Rezervga olingan nomzodlarning 2-guruhi uchun navbatdagi oʻquv-seminar tashkil etildi.

Seminar avvalida yosh rahbar-kadrlar boshqaruvning zamonaviy usullarini puxta egallashlari uchun, shaxsiy rivojlanishga alohida eʼtibor qaratishlari lozimligi, davlat xizmatida masʼuliyat, vatanparvarlik, sadoqat bilan xizmat qilishi muhimligi taʼkidlandi.

Oʻquv davomida boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirish, sogʻlom turmush tarzi, loyihalarni shakllantirishda “Biznes inkubator”ning oʻrni, elektron onlayn auksionlarni tashkil etishdagi soʻngi yangiliklar mavzularida malakali mutaxassislari tomonidan treninglar tashkil qilindi.

Eslatib oʻtamiz, davlatimiz rahbarining koʻrsatmasiga asosan, respublika boʻylab mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishgan 1000 nafar nomzod Rezervga saralab olingan edi. Namangan viloyatida ham 84 nafar nomzod ushbu roʻyxatga kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер