Salkam 300 mln soʻm zarar keltirgan brakonyerlar ushlandi
Illyustrativ foto
Ohangaronda elektr qarmoq bilan baliq ovlagan brakonyerlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Angren daryosining Ohangaron tumani, Qayirma qishlogʻi hududidan oqib oʻtuvchi qismida fuqaro V.B. va boshqalar taqiqlangan ov quroli hisoblangan elektr qarmoq bilan baliq ovlayotganliklari aniqlanib, ulardan “SEAHAWK II” nomli qayiq, elektr qarmoq, akkumulyator va 6942 dona ovlangan baliqlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Brakonyerlar 6942 dona baliqni noqonuniy ovlab, buning natijasida 281,5 mln. soʻmlik zarar yetkazilganligi aytilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring