Saxiy yoz inʼomi

17:30 09 Iyul 2024 Jamiyat
364 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Quyoshni yelkasida koʻtarib yuradigan Fargʻona mirishkorlarining oftobning qaynoq taftidan sharbatga toʻlib pishadigan bogʻ va poliz mevalari yetti iqlimda mashhur. Bugun paykallarda joriy yilgi baraka hosili yigʻib olinmoqda.

Saxiy dalalardagi moʻl-koʻllikdan koʻngil yayraydi. Yoʻl chetlarida xirmon boʻlib uyilgan poliz mahsulotlari bobodehqonning halol peshona teridan dalolat beradi. Mehr bilan uzatilgan bir tilim qovun yoki tarvuzda tuganmas mehr bor. Yer bilan tillashish va dillashish hadisini olgan fargʻonaliklar sidqidildan qilingan mehnati orqali olamga chiroy baxsh etmoqda. Oddiy odamlarning bir qarashda oddiy, lekin betakror turmush tarziga mos baxti shu emasmi?!

Xirmonga baraka bobodehqon! Jannatmakon diyorning oltin tuprogʻida xuddi bolangiz singari erkalab, boshini silab ulgʻaytirgan neʼmatlaringiz orzularingizni ushaltirsin! Oilangizga, dunyoda oʻxshashi yoʻq yurtimizga fayz va baraka olib kelsin!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер