Saylovoldi dasturida koʻrsatilgan ustuvor yoʻnalishlarning mazmun-mohiyati haqida saylovchilarga maʼlumot berildi
Bugun, 27-iyun kuni “Adolat” SDP dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzod Maxmudova Robaxon Anvarovaning Toshkent shahridagi ishonchli vakili, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Tursunov Sobir Turdiyevich ishtirokida Yunusobod tumani saylovchilar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Ishonchli vakil yigʻilganlarga Oʻzbekiston Respublikasi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi nomzodining faoliyati va saylovoldi dasturida koʻrsatilgan ustuvor yoʻnalishlar mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib berdi.
Ochiq muloqot davomida saylovchilarni qiziqtirgan savollarga ishonchli vakil va partiya aʼzolari tomonidan javoblar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring