Saylovga boysunlik kelin-kuyov ham keldi

11:55 27 Oktyabr 2024 Jamiyat
320 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Boysunlik yosh kelin-kuyov Oʻrol Norqulov va Sarvinoz Xalilova tumandagi 11-saylov uchastkasida oʻzlari munosib deb tanlagan nomzodlarga ovoz berdi.

— Bugungi kun har birimiz uchun eng muhim palla hisoblanadi, — deydi Oʻrol Norqulov. — Aslida oʻz kelajagimiz, xohish-istaklarimizni belgilayapmiz. Tanlagan siyosiy partiyam — nomzodim gʻalaba qozonishini istayman. Chunki uning dasturi istaklarimga mos. Hammasi shaffof, qonun doirasida oʻtmoqda. Hatto rafiqam ham kimga ovoz berishini oldindan menga aytmadi.

Saylov uchastkasi masʼullari yosh kelin-kuyovga kitoblar jamlamasini sovgʻa qilishdi.

Siyosiy jarayon qizgʻin davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер