Saylovchilar bugundan muddatidan oldin ovoz berishi mumkin
Avval xabar berilganidek, muddatidan oldin ovoz berish shu yilning 14-oktabr kunidan, yaʼni bugundan boshlab, 20-oktabrning yakuniga qadar oʻtkaziladi.
Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti soat 9:00 dan 19:00 ga qadar etib belgilangan.
Muddatidan oldin ovoz berish — fuqarolar saylov huquqini taʼminlashning muhim vositasi. Saylov kodeksiga asosan, muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganda boshlanadi va 3 kun qolganda tugatiladi.
Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlmaydigan saylovchi muddatidan oldin ovoz berishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring