Saylov jarayonlarida aholining barcha qatlamlari qamrab olingan
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqandda ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovda aholining barcha qatlamlarini qamrab olishga alohida eʼtibor qaratildi.
Saylovga tayyorgarlik jarayonida nogironligi boʻlgan fuqarolarga qulayliklar yaratildi. Saylov uchastkalariga Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaretlar, koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi saylovchilar uchun optik lupalar yetkazildi. Uchastka binolari nogironlar aravachasiga moslashtirilgan nishab yoʻlaklari (panduslar), “yordamga chaqirish” tugmasi bilan jihozlandi. Ovoz berishda surdo-tarjimon orqali ovoz berish yoʻlga qoʻyildi.

Samarqand shahar 61-sonli eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maxsus maktab-internatida joylashgan 107-saylov uchastkasida ham saylov jarayonlari qizgʻin davom etmoqda, ovoz berish surdo-tarjima orqali ham tashkil qilingan.
— Saylov uchastkasida bizga kerakli sharoit yaratilganidan xursandman, — deydi 25 yoshli saylovchi Farruxjon Ummatqulov. — Bugun ovoz bergan nomzodlarim kelgusida mamlakatimiz rivojiga hissa qoʻshishiga ishonaman!

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring