Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻistonning iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlariga bordi
Foto: Xasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 19-avgust kuni Prezident boshchiligida Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda Qoraqalpogʻiston aholisini rozi qilish, hayotini yaxshilash, inson qadrini ulugʻlash boʻyicha hudud rahbariyatida tashabbuskorlik yetishmayotgani, tuman hokimlari esa bunga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotgani koʻrsatib oʻtilgandi.
Qoraqalpogʻistonning imkoniyatlarini toʻliq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish boʻyicha berilgan topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va prezidentning Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Tursinxon Xudayberganov zimmasiga yuklatilgandi.
Saida Mirziyoyeva topshiriqlar ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlariga tashrif buyurib, u yerdagi ahvolni oʻrgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring