Sadir Japarov qoʻshni davlatlar bilan davlat chegarasini delimitatsiya qilish jarayonini prezidentlik muddati tugaguniga qadar yakunlash niyatida
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov qoʻshni davlatlar bilan davlat chegarasini delimitatsiya qilish jarayonini prezidentlik muddati tugaguniga qadar yakunlash niyatida ekanligini maʼlum qildi.
U 30 yildan beri hal etilmagan chegara muammosi katta ehtiyotkorlik talab qilishini taʼkidladi.
Bundan tashqari, S.Japarov qirgʻizistonlik jurnalist va blogerlarga murojaat qilib, qoʻshni davlatlar bilan sodir boʻlayotgan voqealar haqidagi maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilmaslik va ularning rahbarlarini haqoratlamaslikni soʻradi. “Bu maʼnaviy va axloqiy meʼyorlarga javob bermaydi. Bu bilan vaziyatni ogʻirlashtirib, ikki xalq oʻrtasida janjal qoʻzgʻatasiz”.
Sadir Japarov oʻz murojaatini 12-aprel oqshomida qirgʻiz-tojik chegarasida sodir boʻlgan navbatdagi mojarodan keyin eʼlon qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring