Sabzavotlar yetishtirish hajmi 2,3 foizga oshgan

12:42 10 Avgust 2023 Jamiyat
345 0

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 3,3 mln tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirganda 2,3 %ga oshgan.

Sabzavotlar yetishtirish boʻyicha hududlar oʻrtasida peshqadamlikni Surxondaryo viloyati egalladi. Yetishtirilgan sabzavotlar umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (17,7 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Shuningdek, yuqori ulush Andijon (17,5 %), Fargʻona (13,1 %) va Toshkent (10,5 %) viloyatlarida ham qayd etilgan.

Umumiy hajmdagi past ulush Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1,5 %) va Jizzax viloyatida (1,9 %) kuzatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер