Ruhan muhtojmisiz, moslashuv markaziga oshiqing
Urgut tumanida “Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi” ish boshladi. Xotin-qizlarni og‘ir ruhiy, ijtimoiy tanglikdan olib chiqish uchun bu yerda ruhshunos, shifokor, huquqshunos kabi mutaxassislar navbati bilan ish olib borishadi. Markazda onalar va bolalar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan.
Samarqand viloyatining to‘rtta shahar va tumanda shunday markazlar ish boshladi.
Mamadiyor ZIYODINOV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring