Rossiyaning Finlyandiyadagi konsulligi hududiga portlovchi qurilma uloqtirildi
Foto: TTKK / Wikimedia
2023 yilning 30 aprelidan 1 mayga oʻtar kechasi Finlyandiyaning Mariyehamn shahridagi Rossiya konsulligi binosiga bosqinchilik harakati sodir etilgan. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi.
“Bir guruh odamlar Rossiya tashqi missiyasi hududiga portlovchi shovqin moslamasi va boshqa narsalarni uloqtirishgan”, — deyiladi xabarda. Taʼkidlanishicha, konsullik binosiga moddiy zarar yetgan va hujumchilarning harakatlari Rossiya missiyasi xodimlarining hayoti va sogʻligʻiga bevosita tahdid solgan.
Ushbu voqea munosabati bilan Rossiyaning Xelsinkidagi elchixonasi Finlyandiya tashqi ishlar vazirligiga nota yuborib, aybdorlarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishni talab qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring