Rossiyaning 8 ta hududidagi oʻqishini koʻchirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar roʻyxati tasdiqlandi

18:26 16 Yanvar 2023 Jamiyat
562 0

Foto: Arxiv surat

Tashqi ishlar vazirligi xulosasiga binoan, Ukraina Respublikasi bilan chegaradosh boʻlgan Rossiya Federatsiyasi (Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar) hududlaridagi, Qrim Respublikasi hamda Sevastopol shahridagi oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishi Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirilishi ruxsat etilgan bir guruh talabalar roʻyxati tasdiqlandi (ilovada).

Ushbu roʻyxatga kiritilgan talabalar oʻzlari hujjat topshirgan oliy taʼlim muassasasining oʻqishni koʻchirish boʻyicha masʼullariga uchrashishlari soʻraladi.

Belgilangan tartibda my.dtm.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan, ammo ushbu tasdiqlangan roʻyxatda ism sharifi keltirilmagan fuqarolar boʻyicha tegishli tashkilot xulosasi kutilmoqda. Natijasi yuzasidan yaqin kunlarda qoʻshimcha maʼlumot eʼlon qilinadi.

Roʻyxatni yuklab olish

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер