Rossiyadan Oʻzbekistonga 8 marotaba maxsus yoʻlovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi
Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizga mamlakatimizga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishida 483-sonli maxsus yoʻlovchi poyezdining 8 marotaba qatnovi amalga oshiriladi.
2021-yil 4-dekabr kuni soat 20:57 da “Voljskiy” temir yoʻl vokzalidan ushbu poyezdning birinchi reysi qatnovi boshlangan boʻlsa, qolgan reyslari 6, 10, 13,17, 20, 24, 27-dekabr kunlari soat 20:57 da ushbu temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, yaʼni “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yoʻlga qoʻyilgan.
Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari Oʻzbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, joʻnatishlari ham mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring