Rossiyadan kelgan shifokorlar qaysi shifoxonalarda ish olib bormoqda?

11:54 20 Avgust 2020 Jamiyat
1527 0

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Unda muhim savollarga javob berildi.

- Ushbu hafta Rossiyaning nufuzli klinikalaridan bir guruh shifokorlar kelishgan edi. Ular qayerda va nima ish olib bormoqdalar?

Rossiyalik mutaxassislar:

▫️Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti,

▫️Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikalarida,

▫️Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida,

▫️viloyatlardagi shu sohaga ixtisoslashgan shifoxonalarda mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda ogʻir bemorlarni konsultatsiya qilmoqdalar va oʻzaro tajriba almashmoqdalar.

Oʻzbekiston olimlari, yuqori malakali mutaxassislari ishlab chiqqan protokollar, tavsiyalar hamda bemorlarni kasallik kechishi boʻyicha saralash algoritmi bilan tanishib chiqmoqdalar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер