Rossiyadan bu yil qancha odam hajga boradi?
Foto: www.google.com
Bu yil 25 ming rossiyalik Makkaga haj qilish imkoniyatiga ega boʻladi — Saudiya Arabistoni Rossiyaga tegishli kvotani tayinladi, deb xabar berdi Rossiya Muftiylar kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Rushan Abbyasov.
Haj har bir musulmon uchun Islom ziyoratgohlariga farz boʻlgan ziyoratdir. Har yili Saudiya Arabistoni barcha mamlakatlar uchun ziyoratchilar soni boʻyicha musulmon fuqarolarining soniga mutanosib ravishda kvotalar belgilaydi.
“Ufa shahrida Haj kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda biz kvotalarni mintaqalar boʻyicha taqsimladik. Saudiya Arabistoni bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, bu yil rossiyaliklar uchun kvota 25 ming oʻringa teng“, — dedi Abbyasov.
Haj Islomning ikki asosiy bayramlaridan biri boʻlgan Qurbon bayrami arafasida — zulhijja oyida (“haj oyi“) amalga oshiriladi. Bu yilgi haj mavsumi diniy taqvimga koʻra, 22-iyuldan boshlanishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring