Rossiyadagi Prezident saylovida O‘zbekistondan xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya 2018-yil 18-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etadi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasining deputatlari, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimlarining o‘rinbosarlari kiradi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov delegatsiyaning boshqa a’zolari bilan birga MDH va ShHT kuzatuvchilari missiyalari tarkibida saylovda ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring