Rossiyada jurnalistni urib, telefonini oʻgʻirlagan oʻzbekistonlik erkak qoʻlga olindi

02:38 06 Noyabr 2021 Jamiyat
1523 0

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 28-oktabr kuni oʻzbekistonlik erkak haydovchi jurnalistga hujum qilib, uning telefonini oʻgʻirladi. Bu haqda “Bezformata.ru” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, oʻzbekistonlik haydovchi ayol yoʻlovchi mashinasiga oʻtirganida unga hujum qilgan va tahdid qilib, telefonini tortib olgan. Jabrlanuvchi Sankt-Peterburg telekanali xodimi boʻlib chiqqan.

“Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 2021-yil 3-noyabr kuni ertalab Bela Kun koʻchasi, 3-uy 13-xonadon yaqinida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, Markaziy osiyolik 37 yoshli fuqaroni qoʻlga oldi”, deyiladi Rossiya IIVning Sankt-Peterburg boʻyicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.

Xabarga koʻra, hujum qilgan shaxsdan oʻgʻirlangan buyumlar olib qoʻyilgan. Unga nisbatan “Oʻgʻrilik” moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Ushbu moddaga koʻra, huquqbuzar 10 ming rublgacha jarima va yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Qayd etilishicha, shifokorlar jabrlanuvchiga miya chayqalishi tashxisini qoʻygan. Ayblanuvchi keltirgan zarar miqdori 25 ming rublga baholanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер