Rossiyada qurt va asal olib kelayotgan uch nafar oʻzbekistonlik qoʻlga olindi

03:53 20 Fevral 2022 Dunyo
2093 0

Foto: Illustrativ foto

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida toshkentlik uch nafar erkak qurt va asalni noqonuniy olib oʻtayotgani uchun qoʻlga olindi. Bu haqda «Московский Комсомолец» xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari Toshkentdan kelayotgan yoʻlovchilarning qoʻl yuklarini tekshirish vaqtida qoʻlga olingan. Erkaklarda taxminan 5 kg qurt va asal bor edi. Chorvachilik mahsulotlariga hujjatlar taqdim etilmagan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, veterinariya-sanitariya nuqtayi nazaridan xavfli mahsulotlarni Rossiya hududiga olib kirish taqiqlanadi va ular olib kirilayotgan mamlakatga qaytarilishi kerak.

Oʻzbekiston fuqarolari maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Mahsulotlar esa yoʻq qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер