Rossiyada qolib ketgan yurtdoshlarimizni olib kelish uchun maxsus poyezdlar qatnovi qoʻyildi

18:19 11 Dekabr 2020 Jamiyat
1163 0

Foto: Xalq soʻzi”

Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi, shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining Rossiyalik hamkasblari bilan olib borilgan muzokaralari natijasida Toshkent — Moskva —Toshkent yoʻnalishida maxsus poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

“Oʼztemiryoʼlyoʼlovchi” AJ tomonidan maʼlum qilinishicha, jumladan joriy yil dekabr oyining 14, 21, 28 sanalarida Moskva Kazanskiy — Toshkent yoʻnalishida poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Ushbu poyezdlar Moskvadan soat 22:28da joʻnaydi. Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni Moskva — Toshkent yoʻnalishiga chiptalar sotiladi. Yoʻlovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yoʻlga qoʻyildi. Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari Oʻzbekistonda turib, ularning shaxsini tasliqlovchi hujjati nusxasi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, joʻnatishlari ham mumkin.

Izoh: Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер