Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik goʻdak Oʻzbekistonga qaytarildi
Foto: Videodan kadr
Rossiyada ogʻir ijtimoiy vaziyatda qolib ketgan 8 oylik chaqaloq ota-onasi bagʻriga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, bola 5 oylik davrida ota-onasi hujjatlarining muddati tugagani sabab, chaqaloqni shifoxonada qoldirib, Oʻzbekistonga qaytishga majbur boʻlgan. Qaytganidan soʻng ota-ona Buxoro shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaaat qilgan.
Shundan soʻng, Rossiyada ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 8 oylik goʻdak Ijtimoiy himoya milliy agentligi koʻmagi bilan Vatanga, ota-onasi bagʻriga qaytarilgan.
“Hozirda “Inson” markazi masʼullari tomonidan oiladagi bir qator muammolarni ijobiy hal etish maqsadida Keys ochilgan boʻlib, keys-menejment asosida ularga bir qator ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatiladi. Bola esa doimiy shifokorlar nazoratidadir”, deyiladi agentlik xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring