Rossiyada qamoqdan tunnel qazib qochib ketgan oʻzbekistonliklarga hukm oʻqildi
Rossiyaning Lipetsk viloyatida joylashgan 2-sonli koloniyadan 30 metrlik tunnel qazib qochgan olti nafar mahbusga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda “Lenta.ru” nashri xabar qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, mahbuslar ikki oy davomida metall varaq, quvur boʻlagi, belkurak va kesuvchi disk yordamida koloniya devorining ostidan tunnel qazishgan va 2024-yil 25-oktabr kuni shu yoʻl orqali qochib ketishgan.
Ular Rossiya Jinoyat kodeksining 313-moddasi yaʼni, ozodlikdan mahrum etish joyidan guruh boʻlib qochish boʻyicha aybdor deb topildi. Mahbuslarga 4,5 yildan 12,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qochganlarning 5 nafari Oʻzbekiston fuqarosi va 1 nafar Tojikiston fuqarosi boʻlgan. Ulardan besh nafari darhol qoʻlga olingan, oxirgisi esa 2024-yil 6-noyabr kuni Tambov viloyatida ushlangan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring