Rossiyada odam savdosi qurboniga aylangan fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi
Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan Oʻzbekiston fuqarosi yurtimizga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida uzoq vaqtlardan buyon vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgan va soʻnggi oylarda pasportini yoʻqotib, odam savdosi qurboniga aylanib qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz I.K Oʻzbekistonga qaytarilgan.
I.Kga mamlakatimizning Moskvadagi elchixonasi tomonidan huquqiy yordam koʻrsatilib, u Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon viloyati filiali koʻmagida Moskva-Fargʻona charter reysi orqali Vatanga yetib keldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring