Rossiyada migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun asoslar soni ikki baravar oshiriladi

20:56 09 Aprel 2026 Dunyo
404 0

Dushanba kuni (13-aprel) Rossiya Davlat Dumasi Kengashi chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni qator huquqbuzarliklar uchun Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini koʻrib chiqishga kirishadi. Bu haqda TASS parlament quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodinga tayanib xabar bermoqda.

Tegishli qonun loyihasi bilan migrantlar mamlakatdan chiqarib yuborilishiga sabab boʻladigan maʼmuriy huquqbuzarliklar roʻyxatini qariyb ikki baravar kengaytirish taklif etilmoqda.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning birdaniga bir nechta moddalarida, agar qoidabuzarlik xorijlik shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, jarima va Rossiyadan haydab chiqarish jazosini koʻzda tutuvchi alohida bandlar kiritiladi.

Xorij fuqarolarini quyidagi holatlar uchun mamlakatdan chiqarib yuborish rejalashtirilmoqda:

— Ruxsat etilmagan mitinglarda qatnashish;

— Qurolli Kuchlarni obroʻsizlantirish;

— Rossiya va uning fuqarolariga nisbatan sanksiyalar qoʻllashga chaqirish;

— Rossiya Federatsiyasining hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan ommaviy chaqiriqlar uchun.

Shuningdek, ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalarni oshirish taklif qilinmoqda. Jumladan, Rossiya chegarasini kesib oʻtish qoidalarini, mamlakatga kirish va boʻlish tartibini buzganlik, xorijliklarning noqonuniy mehnat faoliyati va migrantlarni ishga noqonuniy qabul qilganlik uchun jazolar kuchaytiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер