Rossiyada mehnat migrantlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda kasalliklar roʻyxati kengaytiriladi
Rossiya hukumati mehnat migrantlari uchun oʻtkaziladigan tibbiy tekshiruvlar doirasida infeksion kasalliklar roʻyxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Davlat Dumasi vitse-spikeri Irina Yarovayaning aytishicha, ushbu taklifni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin hamda Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari qoʻllab-quvvatlagan.
“Biz shunga kelishib oldikki, hukumat sifatli qonunosti meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun majburiy tarzda oʻtkaziladigan tibbiy tadqiqotlar boʻyicha infeksion kasalliklar roʻyxatini kengaytiradi”, — dedi u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring