Rossiyada koronavirusga chalinganlar 600 mingga yaqinlashmoqda
Foto: Интерфакс
Rossiyada 21-iyun kuni oxirgi bir sutkada jami 7728 kishi koronavirusga chalingan. Mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 584 680 nafarga yetgan. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash boʻyicha tezkor shtab xabar qilgan.
Eng koʻp kasallanish holatlari poytaxt Moskvada boʻlib, 968 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Keyingi oʻrinlarda Moskva viloyati (+549), Xanti-Mansiysk avtonom okrugi (+294), Sankt-Peterburg (+229), Nijniy Novgorod (+227), Sverdlovsk (+207) va Voronej (+200) viloyatlari qayd etilgan.
Oxirgi bir sutka davomida Rossiyada 109 nafar bemor COVID-19 oqibatida vafot etgan. Epidemiya boshlanganidan buyon koronavirus tufayli vafot etganlar soni 8 111 nafarni tashkil qilmoqda.
Mamlakatda 340 ming kishi kasallikdan tuzalgan, oxirgi bir sutkada 5 119 kishi infeksiyadan forigʻ boʻlgan.
Rossiyada 21-iyun holatiga koʻra bir sutka davomida 337 mingta test oʻtkazilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring