Rossiyada koronavirus bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashmoqda — Putin
“Rossiyadagi koronavirus bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashmoqda, ammo u hali ham istalgan yoʻnalishda aylanib ketishi mumkin. Shu bois xotirjamlikka berilishga hech qanday sabab yoʻq”.
Bu soʻzlarni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat tahlili boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda aytib oʻtdi
“Albatta, muammo va kamchiliklar boʻldi. Bularsiz iloj yoʻq. Lekin, umuman olganda, biz misli koʻrilmagan qiyinchilikni yengib, ushbu epidemiya hujumiga qarshi tura oldik”, deydi Putin.
Rossiya rahbarining taʼkidlashicha, iyun va iyul oylarida mamlakatda koronavirus infeksiyalari soni asta-sekin kamaymoqda. Tezkor maʼlumotlarga koʻra, aniqlangan yangi holatlar soni may oyidagi eng yuqori koʻrsatkichlarga qaraganda deyarli ikki baravar kam.
Oldinroq 15-avgustdan boshlab Rossiya fuqarolarini koronavirus vaksinasi bilan ommaviy emlashni boshlashi haqida bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring