Rossiyada kiberarmiya tashkil etilishi mumkin
Xabarlarda yozilishicha, RF Raqamli rivojlanish vazirligi rahbari Maqsut Shadayev Rossiyada kiberarmiya yaratish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.
Avvalroq, yaʼni joriy yil yozida Davlat dumasi deputati Anton Gorelkin kiberarmiya boʻlinmalarini tashkil etish maqsadida Rossiya gvardiyasi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritishni taklif qilgan edi.
Ilgari surilayotgan gʻoyaga koʻra, kiberarmiyada xizmat qilish tartiboti, majburiy harbiy xizmatdan tubdan farq qiladi va unga faqat tajribali IT mutaxassislari shartnoma asosida jalb etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring