Rossiyada xalqaro qidiruvdagi oʻzbekistonlik ayol qoʻlga olindi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xalqaro qidiruvdagi 55 yoshli oʻzbekistonlik ayol ushlandi. Bu haqda “78.ru” axborot sayti xabar berdi.
Xabarga koʻra, qidiruvda boʻlgan 55 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi firibgarlikda ayblangan.
Taʼkidlanishicha, u 2018-yil avgust oyida — Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida dugonasiga uy rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 13 500 dollar pul olgan. Biroq vaʼdasini bajarmay, pullarni oʻzlashtirib, sarflab yuborgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring