Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizning pasportlari “oʻrtakash”dan olib berildi
Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Oʻzbekistondan Novosibirsk shahriga ishlash maqsadida borgan 2 nafar yurtdoshimizga “Rossiyada ishlash huquqini beruvchi hujjatlar tayyorlab beraman”, deb pasportlari olib qoʻyilib, qaytarib berilmaydi.
Mazkur murojaat oʻrganilib, mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakilligi xodimlari va hududdagi huquq-tartibot idoralari vakillari yordamida olib berildi.
Pasportlarni olib qoʻyilgan “oʻrtakash”lar Rossiya Federatsiyasining tegishli qonunchiligi boʻyicha javobgarlikka tortilishi tushuntirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring