Rossiyada benzin eksportiga taqiq joriy etiladi

13:09 28 Mart 2026 Dunyo
711 0

Rossiya Bosh vaziri oʻrinbosari Aleksandr Novak Energetika vazirligiga 2026-yil 1-apreldan boshlab benzin eksportini taqiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlashni topshirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

— Yigʻilish yakunlariga koʻra, Aleksandr Novak Energetika vazirligiga 2026-yil 1-apreldan benzin eksportini taqiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlash boʻyicha koʻrsatma berdi, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu chora narxlarni barqarorlashtirish va ichki bozorni yoqilgʻi bilan ustuvor ravishda taʼminlashga qaratilgan.

RF Vazirlar Mahkamasining bildirishicha, yigʻilishda Prezident Vladimir Putin tomonidan qoʻyilgan vazifa — mamlakat ichida yoqilgʻi narxining belgilangan prognozlardan yuqorilab ketishiga yoʻl qoʻymaslik masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan.

TASS maʼlumotlariga koʻra, benzin eksportiga qoʻyilgan taqiq 31-iyulgacha davom etadi. U bozorning barcha ishtirokchilariga, yaʼni yoqilgʻi ishlab chiqaruvchilarga ham, ishlab chiqaruvchi boʻlmagan (treyder)larga ham taalluqli boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер