Rossiyada 25 yoshli o‘zbekistonlik daryoda cho‘kib ketdi
Arxiv foto
Rossiyaning Nijnekamsk shahri hududidan oqib o‘tuvchi Kama daryosi sohilidan 1998 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi chiqarib olingan. Bu haqda Tatariston FVV xabar bermoqda.
3 iyul kuni Rossiya vaqti bilan 16:30da kelib tushgan ariza bo‘yicha FVV qutqaruvchilari ish olib borishgan suvdan 25 yoshli o‘zbekistonlikni qutqarib olib chiqishgan. Xabarda yozilishicha, fuqaro hushsiz holatda bo‘lgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, soat 17:20da o‘lim holati qayd qilingan.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, suvga tushgan O‘zbekiston fuqarosi mast holatda bo‘lgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring