Rossiyada 100 nafarga yaqin jurnalistda koronavirus aniqlandi
Aloqa va ommaviy axborot vositalari vazirining oʻrinbosari Aleksey Volinning soʻzlariga koʻra, jurnalistlar ham xavf ostida. “Bizdagi xabarlarga koʻra, bugungi kunda yuzga yaqin jurnalistlarga koronavirus infeksiyasi tashxisi qoʻyilgan. Afsuski, yaqinda Moskvada jurnalistlardan biri vafot etdi, — dedi vazir oʻrinbosari.
OAVning 500 ga yaqin xodimi karantinda.
Avvalroq, Aloqa vazirligi rahbarining oʻrinbosari 2020-yilda koronavirus tufayli media sektorining yoʻqotishini 100 milliard rublga baholagan edi. Aleksey Volinning soʻzlariga koʻra, foydalanuvchilar soni oʻsib bormoqda, ammo ommaviy axborot vositalari daromadlari pasaymoqda va reklama byudjetlari ham sezilarli darajada kamaymoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiyada 52 mingdan ortiq odamga koronavirus yuqqan, 400 dan ortiq kishi vafot etdi. Butun aprel oyi Rossiyada taʼtil deb eʼlon qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring