Rossiya va Ukraina muzokaralardagi masalalar boʻyicha oʻzaro tushunishga muvaffaq boʻldi

00:46 04 Mart 2022 Dunyo
1498 0

Foto: РИА «Новости»

3-mart kuni Rossiya va Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi boʻlib oʻtdi.

OAV ushbu muloqotning ayrim tafsilotlari haqida xabarlar paydo boʻldi. Xususan, muzokara avvalida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari aʼzolari qoʻl berib koʻrishgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy devoni rahbari maslahatchisi, Ukraina delegatsiyasi rahbari Mixail Podolyakning aytishicha, Rossiya va Ukraina yaqinda gumanitar yoʻlaklarni tashkil qilish uchun aloqa va oʻzaro hamkorlik kanallarini yaratishga kelishib olgan.

Ushbu fikrlarning Rossiya Vladimir Putinning maslahatchisi, Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy ham tasdiqlab, tomonlar aholining chiqishi uchun gumanitar koridorlar va vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishib olishganini qayd etdi. Shuningdek, u muzokaralardagi masalalar boʻyicha oʻzaro tushunishga muvaffaq boʻlganini aytdi.

Oʻz navbatida, Kreml Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarda erishilgan gumanitar kelishuvlarni juda muhim deb atadi.

Podolyakning maʼlum qilishicha, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi kelgusi hafta boshida Belarusda boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер