Rossiya TIV rahbari Putin va Bayden uchrashuviga tayyorgarlik koʻrilayotgani haqida maʼlum qildi

15:54 24 May 2021 Dunyo
1191 0

Moskva Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH rahbari Jo Baydenning uchrashuvi ustida ishlamoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Argumentы i Faktы” gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Lavrov Rossiya va AQSH oʻrtasidagi muloqot global xavfsizlikni taʼminlash va xalqaro darajadagi turli tahdidlarga qarshi turish uchun zarurligini eslatdi. “Bularning barchasini anglagan holda, biz Vashingtonning prezidentlar uchrashuvini shu yil yozda Yevropa mamlakatlaridan birida oʻtkazish toʻgʻrisida taklifini inobatga oldik”, deydi vazir.

Shuningdek, Lavrov yaqinda Reykyavikda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan boʻlgan uchrashuv haqida toʻxtalib oʻtdi. Unga koʻra, Vashingtonning bu konstruktiv yondashuvi Moskvani ruhlantirgan.

17-may kuni Putin va Baydenning uchrashishi mumkin boʻlgan joy maʼlum boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Rossiya davlat idoralaridagi manbaning taʼkidlashicha, ikki davlat rahbarlarining sammiti Shveysariyada oʻtkazilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер