Ijtimoiy tarmoqlarda arxeologlar Amir Temur qabrini ochgani haqida xabar tarqaldi
Foto: Халқ сўзи
Rossiya saytlaridan birida Samarqandda arxeologlar Amir Temur qabri ochilgani haqida maʼlumot berildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vaziyatga izoh berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, akademiyada qabr ochilishi muhokama qilinmagan va kun tartibiga kiritilmagan.
«Ushbu xabar yolgʻon-feyk xabar hisoblanib, Fanlar akademiyasida ushbu masala muhokama qilinmagan va kun tartibiga qoʻyilmagan. Arxeologlar tomonidan ham hech qanday qazishmalar olib borilmagan va rejalashtirilmagan. Shu bilan bir qatorda xabarda keltirilgan qazishma rahbari deb aytilgan Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy 1970-yilda vafot etgan boʻlib, birinchi OʻzR Fanlar akademiyasi prezidenti hisoblanadi. Umuman olganda ushbu xabar 1941-yildagi maʼlumotlar asosida tayyorlangan», dedi boʻlim.
Hukumat qarori bilan maqbara 1941-yil 16-22-iyunda ochilgan. Ekspeditsiyaga professor Kori-Niyoziy rahbarlik qilgan. Dastlab Amir Temur oʻgʻillari Mironshoh, Mirzo Shohruh, nevarasi Mirzo Ulugʻbek, 1941-yilning 19-iyunida Amir Temur qabri ochilgan. Undan soʻng Amir Temurning nevarasi Muhammad Sultonning qabri ham ochilgan.
Antropolog M.M.Gerasimov oʻzi yaratgan usul bilan Amir Temur, Mironshoh, Shohruh, Mirzo Ulugʻbek va Muhammad Sultonlarning hujjatli portretlarini yaratgan. 1942-yilning oxirlariga kelib, Amir Temur maqbarasidan qazib olingan suyaklar ilmiy jihatdan oʻrganib boʻlingach, qaytadan oʻz joylariga dafn etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring