Rossiya restoratorlari Oʻzbekiston mahsulotlariga qiziqish bildirishmoqda

05:38 08 Aprel 2022 Dunyo
929 0

Foto: Illustrativ foto

Bu haqda Rossiya restoratorlari va otelerlari federatsiyasi prezidenti Igor Buxarov maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, u Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov bilan uchrashgan. Tomonlar Rossiya restoranlari va mehmonxonalari uchun Oʻzbekiston mahsulotlari yetkazib berilishini muhokama qilishgan.

“Bizni sabzavot, meva, yongʻoqlar qiziqtiradi. Oʻzbekistonda paxtadan gazlama tayyorlovchi va mehmonxona va restoranlar uchun mato toʻquvchi yengil sanoat klasterlari bor. Ularning vinochilik klasterlari bor va ular bu mahsulotni yetkazib berishga tayyorlar”, — dedi Buxarov.

Uning soʻzlariga koʻra, ilgari Oʻzbekiston mahsulotlari asosan faqat bozorga yetkazib berilgan, restoranlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan.

“Biz may oyida yetkazib beruvchilar va xaridorlar ishtirokida maxsus tadbir oʻtkazilishiga kelishib oldik. U yerda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish mumkin boʻladi”, — deydi federatsiya rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер