Rossiyada qonunni buzgan muhojirlarning oilalarini deportatsiya qilish taklif qilindi
Foto: RIA Novosti/Maksim Bogodvid
Rossiya Davlat dumasi deputati, “Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” partiyasi rahbari Sergey Mironov mamlakatda qonunbuzarlik qilgan muhojirlarning oʻzlari bilan birga ularning oilalarini ham Rossiyadan chiqarib yuborishni taklif qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
“Bizning taklifimiz – agar muhojir oilasining bir aʼzosi qonunni buzsa, u nafaqat qonun oldida javob berishi kerak, balki butun oila ham deportatsiya qilinishi lozim”, — dedi Mironov.
Uning fikricha, shuningdek, Rossiyaga kirib kelayotgan xorijliklar uchun majburiy biometrik nazorat tizimini joriy etish zarur.
“Bugun biz koʻryapmizki, odam qonunni buzadi, chiqib ketadi, boshqa ism-familiya bilan qayta kirib keladi. Agar biometrik nazorat boʻlsa, bunday holatlarga yoʻl qoʻyilmaydi”, — deya qoʻshimcha qilgan u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring