Rossiya oziq-ovqat mahsulotlaridan qurol sifatida foydalanmoqda — Germaniya qishloq xoʻjaligi vaziri
Foto: Getty Images
Germaniya qishloq xoʻjaligi vaziri Jem Oʻzdemir mamlakat aholisini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi “kurashish” uchun goʻshtni kamroq isteʼmol qilishga chaqirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, goʻyoki Rossiya oziq-ovqat zaxiralaridan qurol sifatida foydalanmoqda.
“Men vegetarian boʻlishimga qaramay, hamma vegetarian boʻlishi kerak, deb targʻib qilmayman. Ammo keling, buni shunday aytaylik: goʻshtni kamroq isteʼmol qilish Putinga qarshi hissa boʻladi”, dedi Jem Oʻzdemir “Der Spiegel” jurnaliga bergan intervyusida.
Uning soʻzlariga koʻra, mamlakat aholisi ongli ravishda xarid qilishi va kamroq mahsulotni isrof qilishi kerak.
Oʻzdemir nashrning “Rossiya oziq-ovqat mahsulotlaridan qurol sifatida foydalanyaptimi”, degan savoliga “Ha” deb javob bergan.
“Shubhasiz, bu shunday”, degan vazir va Rossiyani eksport quvvatidan foydalanishiga ishora qilib.
Germaniya Qishloq xoʻjaligi vazirining bu soʻzlari Rossiyaning Ukrainaga boshlagan “maxsus harbiy operatsiya”si fonida aytilmoqda.
Maʼlumki, 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Donbassni himoya qilish uchun “maxsus harbiy operatsiya” boshladi. Shundan soʻng Rossiya harbiy kuchlari Ukraina hududiga kiritildi. Bunga javoban Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring