Rossiya oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni maʼlum qilindi
Bugungi kunda Rossiya oliy oʻquv yurtlarida oʻzbekistonlik 48,7 ming talaba tahsil olmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Umuman olganda, soʻnggi uch yilda Rossiyadagi oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar soni 26 ming kishiga koʻpaydi va 2021-yilda 324 ming nafarga yetdi.
Koʻpincha talabalar Rossiyaga quyidagi davlatlardan kelishadi:
Qozogʻiston — 61 ming;
Oʻzbekiston — 48,7 ming;
Xitoy — 32,6 ming;
Turkmaniston — 30,6 ming;
Tojikiston — 23,1 ming;
Hindiston — 16,7 ming;
Misr — 12,4 ming;
Belоrussiya — 10,2 ming.
Taʼkidlanishicha, koʻpincha xorijlik talabalar tibbiy va iqtisodiy taʼlim yoʻnalishlarini tanlaydilar.
Bundan tashqari, qozoq va oʻzbek talabalari orasida menejment, turkman talabalari orasida pedagogika, tojikistonlik talabalar orasida stomatologiya, qirgʻizistonlik talabalar orasida qurilish ham katta talabga ega.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring